O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Suma Chakrabartining birinchi mahorat darsi
03.02.2021 2171
2021-yilning 2-fevral kuni JIDU professor, doktorant va talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartining birinchi mahorat darsida qatnashishdi.
Mahorat darsining mavzusi “Liderning qobiliyatlariga” bag‘ishlangan bo‘lib, so‘z boshida Janob Chakrabarti turli yillarda ishlagan tashkilotlari va erishilgan natijalari haqida so‘zlab berdilar.
Mavzuni yoritib berish maqsadida Suma Chakrabarti o‘zidagi 4 liderlik qobiliyatlari hamda tajribasidan kelib chiqib Liderlar uchun 10ta dars haqida batafsil ma’lumot berdi. Suma Chakrabartining ular bilan ulashib quyidagilarni sanab utdi: o‘zini qiziqtirgan ish bilan shug‘ullanish, timbilding, strategiya qo‘yish, xodimlar o‘rtasidagi madaniyat, motivasiya berish, boshqaruv tamoyillari, boshqaruvdagi qiyinchiliklar, o‘zaro aloqalar va hazilkashlik qobiliyati.
Ma’ruzaning so‘ngida tinglovchilar tomonidan qiziqarli savollar berildi va suhbat mazmunli yakunlandi.
Ma’lumot uchun: Chakrabarti Qirollik san’at jamiyati a’zosi, Sasseks va Sharqiy Angliya universitetlari, shuningdek, Buxarest iqtisodiy taqdiqotlar akademiyasi faxriy fan doktori hamdir.
2002-yildan 2007-yilgacha Xalqaro taraqqiyot vazirligi doimiy kotibi, keyin 2012-yilgacha Adliya vazirligida ham xuddi shunday lavozimda ish olib borgan. Bu davrda vazirlik faoliyati uchun yangi modelni ishlab chiqishi va amalga oshirishi uning asosiy yutuqlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Buning natijasida bir milliard funt sterlingdan ortiq mablag‘ tejab qolingan.
2012 yildan-2020 yilgacha Janob Chakrabarti Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki prezidenti lavozimida faoliyat olib brogan.