25.12.2020 2189

2020 yil 24-dekabr kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Mirzo Ulug'bek tuman sudida Jinoyat kodeksinig 168-moddasi bo’yicha jinoyat ishi ko'rib chiqldi. Sud jarayoniga Mirzo Ulug'bek tumani sudyasi M.Qayumov  raislik qildi. 

Sud jarayonida Xalqaro huquq fakulteti ikkinchi bosqich talabalari ishtirok etishdi.

Ta'lim jarayonida nazariya va amaliyot o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'minlashga qaratilgan tadbir voqealarga boy bo'ldi va talabalar butun sud jarayonini amalda baholay oldilar. Bu jarayonda talabalar nazariyani o'rganish jarayonida olgan bilimlarini sinab ko'rish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Ishning har bir qismiga sudyaning tushuntirish izohlari ilova qilindi.