22.12.2020 3086

2020 yil 17-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetining "Matematik modellashtirish va axborot texnologiyalari" va "Tizimlarni tahlil va boshqarish" kafedralari bilan birgalikda tashkil etilgan "Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tizim tahlili va modellashtirish" xalqaro ilmiy konferentsiyasi bo'lib o'tdi.

Forumga xorijlik olimlar ham qiziqish bildirgani quvonarli bo’ldi. Kechki davra suhbatida AQSh (prof. M.Maskagni, V.J. Trasher), Frantsiya (prof. J. Dushhet), Yaponiya (prof. M. Gemma) va Qozog'iston (prof. K. Shakenov) olimlari ishtirok etishdi. Anjuman onlayn tarzda bo'lib o'tdi.

Konferentsiyada respublikamizning barcha hududlaridan (Buxoro, Samarqand, Namangan va Toshkentdagi oliy o'quv yurtlari vakillari) olimlar va tadqiqotchilar qatnashdilar. Konferentsiyada 6 ta yalpi ma'ruzalar tinglandi. Ikki bo'limida "Tizimlarni tahlil qilish va boshqarishning matematik usullari, korxonalarni, hududiy majmualarni, tadqiqotlarni va boshqa tashkilotlarni boshqarishda tizimni tahlil qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tizim tahlili"  va "Demografik, iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlarni modellashtirish, usullari va axborot texnologiyalari qarorlarni qo'llab-quvvatlash, fan, ta'lim sohasidagi axborot texnologiyalari, o'quv jarayonidagi tizim tahlili va oliy ta'limni boshqarish, tizim tahlilining istiqbolli muammolari, tibbiyot, iqtisodiyot va sanoat»  mavzularida 64 ta ma'ruza tinglandi. Dastur qo'mitasi 36 ma'ruzani konferentsiya materiallari to’plamida nashr etish uchun tanlab oldi.

Yalpi majlisda  "Matematik modellashtirish va axborot texnologiyalari" kafedrasi mudiri, prof. A.S. Rasulov tinglovchilarga ushbu ilmiy forumning maqsad va vazifalari haqida so'zlab berdi. U qisqacha Tizimlarni tahlil  va qaror qabul qilish  muammolari, ushbu yo'nalishdagi ilmiy tadqiqotlar istiqbollari haqida so'zlab berdi. Darhaqiqat, ta'kidlaganidek, tizimli  tahlilini o'zlashtirishning maqsadi tizimli yondashuvini, tizimni tahlil qilish usullarini va matematik modellashtirishni o'rganish, tizimni tahlil qilish metodologiyasini, amaliy-ijtimoiy tizimlarni va jarayonlarni tahlil qilish , amaliy muammolarning echishni matematik usullarini  va axborot tizimlarining qo’llashdir.  "Tizim tahlili" kursini o'qitish muammolari va milliy darslik yaratish bo'yicha ham batafsil to'xtaldi. Ushbu konferentsiyaning maqsadi ushbu yo'nalishlarda erishilgan yutuqlarni soha olimlari, doktorantlar, magistrlar, bakalavrlar o'rtasida birgalikda muhokama qilish , ilmiy fikr almashish  va  oz sohalarida qullashga erishishdir.