JIDUda “Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida”gi Qonun mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga tushuntirish-targ'ibot qilish bo'yicha tadbir bo'lib o'tdi
31.10.2016 29361
2016 yil 31 oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida”gi Qonun mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga tushuntirish-targ'ibot qilish bo'yicha tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirni universitet Ma'naviy va axloqiy tarbiya ishlar bo'yicha prorektori V.Xoshimov “Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida”gi qonunning mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga tushuntirish va targ'ib qilish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 2016 yilning 26 sentyabridan boshlab Toshkent shahridagi barcha oliy ta'lim muassasalarida tushuntirish-targ'ibot tadbirlari o'tkazilib kelinayotganligi o'zining kirish so'zida ta'kidladi.
Tadbirga taklif qilingan Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi bo'limi mudiri, yu.f.d., professor G.Matkarimova so'zga chiqib o'z ma'ruzasida Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning “O'zbek modeli”ga hamda kuchli ijtimoiy siyosat prinsiplariga asoslangan holda yoshlarning huquq va manfaatlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qator qonunlarda mustahkamlab qo'yilganligini ta'kidlab o'tdi. G.Matkarimova “yosh fuqarolar” (14 dan 30 yoshgacha bo'lgan shaxslar), “yosh oila”, “yosh mutaxassis”, “yoshlar tadbirkorligi” kabi tushunchalarga batafsil to'xtalib o'tdi.
Yana bir mehmon, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti f.f.n., dotsent N.Saydalieva so'zga chiqib yoshlarni o'z fikr va mulohazalariga ega bo'lishlari kerakligi hamda “Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini har bir talaba-yoshlar chuqur o'zlashtirgan holda o'zlarining huquqiy ong va huquqiy madaniyatli komil insonlar bo'lib etishlari shartligini aytib o'tdi.
Tadbir so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etib, mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.