Xavfsizlik muammolarini o’rganish bo’yicha Jorj Marshall Yevropa markazi tadqiqotchisi Petra Veylandning JIDU talabalari, tadqiqotchilari va o’qituvchilari uchun onlayn ma’ruzalari boshlandi
04.12.2020 2111
Joriy yilning 2 dekabr kuni professor Petra Veyland “introduction to the specialty” mavzusidagi birinchi onlayn ma’ruzasi bo’lib o’tdi. Mazkur vebinar JIDU xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro muammolarning amaliy tahlili” tomonidan tashkil etildi. Webinarda 50 dan ortiq talabalar va o’qituvchilar ishtirok etdilar. Professor P.Veyland xalqaro munosabatlarning zamonaviy nazariyalari va jahon siyosatining zamonaviy tendensiyalari va xalqaro munosabatlarda ro'y berayotgan transformatsion jarayonlar bilan o’zaro munosabatlar haqida batafsil so’zlab berdi. Ma’ruza talabalar va o’qituvchilarda katta qiziqish uyg’otdi. Ma’ruza yakunida professor P. Vayland talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Professor P. Vaylandning onlayn ma’ruzalari sikliga barcha qiziquvchilarni ishtirok etishga taklif qilamiz, va keying ma’ruzalar haqida qo’shimcha ravishda e’lon qilamiz.