Universitetda sud majlisi bo’lib o’tdi
13.11.2020 2807
2020 yil 11-noyabr kuni JIDUda Mirzo Ulug'bek tumani sudyasi S.Abdug'aniev raisligida sayyor sud majlisi (bbb.uwed.uz platformasi orqali) bo'lib o'tdi. Sud, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan ayblanayotgan sudlanuvchining jinoyat ishini ko'rib chiqdi.
Sud jarayonida dotsent vazifasini bajaruvchi O.Yusufjonov, Xalqaro huquq fakulteti dekan muovini F.Toshev va “Xalqaro huquq” fakulteti ikkinchi kurs talabalari ishtirok etishdi.
Ta'lim jarayonida nazariya va amaliyot o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'minlashga qaratilgan tadbir voqealarga boy bo'ldi va talabalar butun sud jarayonni amalda baholay oldilar. Bu jarayonda sudya tinglovchilarga nazariyani o'rganish jarayonida olgan bilimlarini namoyish etish imkoniyatini berdi. Ishning har bir qismiga sudyaning tushuntirish izohlari ilova qilindi. Hukm chiqarilishidan oldin sudya sud hukmi to'g'risida tinglovchilarning fikrini so'rashga qaror qildi. Jarayon yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.