29.10.2020 3719

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida UNESKO bilan hamkorlikda 2021 yilda Xiva shahrida "Markaziy Osiyo jahon tsivilizatsiyasi chorrahasida" xalqaro forumni o'tkazish to'g'risidagi tashabbusiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda olimlar, pedagoglar, tadqiqotchilar, doktorantlar, xakqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Ushbu mavzuga qiziquvchilar onlayn formatda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Davra suhbati iishtirokchilari  davlatimiz rahbarining BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqining muhimligini va ilgari surilgan tashabbuslarning ahamiyatini ta`kidladilar. Pandemiya paytida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to'g'risidagi Xalqaro kodeksni ishlab chiqish, BMT qoshida Afg'oniston bo'yicha doimiy qo'mita tuzish va boshqalar kabi takliflar bilan bir qatorda "Markaziy Osiyo dunyo tsivilizatsiyalari chorrahasida" forumini o'tkazish taklifi ham muhim edi.

Forumda siyosiy fanlar doktori, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati K.A. Juraev, UNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasidan S. B. Mallaxanov nutq so`zladilar.  JIDU olimlaridan ushbu tadbirda  siyosiy  fanlari doktori, professor E.S. Sultonova, filologiya fanlari doktori, professor F. I. Mo'minova o`zlarining ma`ruzalari  va taqdimotlari bilan qatnashdilar. Professor E.S. Sultonova o`z nutqida O'rta asr Sharqidagi faylasuflari va olimlarning jahon tsivilizatsiyasi va ilm faniga qo`shgan ulkan hissasi haqida so`zlab berdi. Ma`ruzachi al-Forobiy, Nizom al-Mulk va boshqalarning ijodiy meroslarga asoslangan holda, masalan,  davlat boshqaruv ilmida va dono hukmdor, jamoat farovonligini o`rnatish qoidalarining  ta`limotlarida erishgan yutuglar to`g`risida fikr yuritdi.F.I.Mo`minovaning ma`ruzasi turkiy halqlarining jahon tsivilizatsiyaga qo`shgan hissasiga bag`ishlandi. Shinindek, TDSHU pofessorlari M.Isxokov va K.A. Sodiqov. O`zDJTU pof. N.Q. Juraev va boshqalar o`z larining qiziqarli materiallarini taqdim etdilar.

Barcha chiqishlarida Markaziy Osiyo xalqlarining inson faoliyatining turli sohalarida erishgan yituqlari alohida ta`kidlandi, shuningdek, Musulmon Uyg`onish davri boshqa mamlakatlar va mintaqalar xalqlari ilmi va madaniyatiga ta`siri ta`kidlandi. Respublika olimlari va tadqiqotchilari uchrashuvi yakunida Markaziy Osiyo halqlarining yutuqlarini jahon hamjamiyatida keng tarqatish bo`yicha asosiy hulosalar va fikrlar bildirildi.

Fotima Mo'minova,
JIDU professori, nashriyot muharriri.