12.10.2020 3029

2020 yil 12 oktyabr kuni JIDU yozgi pavilonida Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti birinchi bosqich talabalarining universitet professor-o'qituvchilari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. JIDU rektori Komiljon Hamidovich Karimov o'zining kirish so'zida , birinchi kurs talabalarini universitetga qabul qilinganligi bilan tabrikladi. Bu ularning katta, qiziqarli va voqealarga boy hayotining boshlanishi, ular tanlagan kasblari bo'yicha bilimlarni puxta egallashlarini ta'kidlab, ularga samarali o'quv va ijodiy faoliyatlarini tiladilar.

O'quv ishlari bo'yicha prorektor M.T. Bakoev birinchi kurs talabalariga o'quv jarayonini tashkil etish, mashg'ulotlar, bilimlarni baholash shakllari haqida qisqacha aytib berdi. Shuningdek, u talabalarni JIDUda kredit-modulli ta'lim tizimi bilan tanishtirib, birinchi semestrda o'qishlar onlayn rejimida Moodle masofaviy o'qitish tizimi orqali amalga oshirilishini ta'kidladi. Birinchi kurs talabalari nomidan so'zga chiqqan talabalar JIDUga qabul qilish munosabati bilan o'zlarining his-tuyg'ulari va umidlarini izhor etdilar, chuqur bilimlarni o'zlashtirishga, tanlagan kasblari bo'yicha yuqori malakali mutaxassis bo'lishga tayyor ekanliklarini aytdilar. ... Uchrashuv davomida talabalar o'quv guruhlariga bo'linishi va ularga biriktirilgan rahbarlar to'g'risida e'lon qilindi. Ular o'qituvchilari bilan birgalikda o'quv xonalari, laboratoriyalar, axborot resurs markazlari, madaniyat va sport majmualari bilan tanishish ekskursiyasini o'tkazdilar.

Kunning ikkinchi yarmida birinchi kurs talabalari test markaziga tashrif buyurib, Moodle va kredit-modul tizimida masofaviy o'qitish bo'yicha dastlabki ko'nikmalarga ega bo'ldilar.

Gavxar Sultonova,
JIDU katta o'qituvchisi