07.10.2020 2528

2-oktyabrda Universitet iqtisod fakulteti professori  Saytama Hiroyuki Taguchi “Pandemiya oqibatlari va uning Yaponiya iqtisodiga taʼsiri” mavzusidagi birinchi maʼruzasi JIDU talabalari uchun oʻqildi.

Maʼruzani boshida dunyoga mashhur boʻlgan Yaponiya Universiteti video-prezentatsiyasi oʻtqazildi, Saytama Universiteti koʻp taʼniqli boʻlgan bitiruvchilari yutuqlari bilan talabalar tanishdi.

Professor Taguchi Yaponiyada COVID-19 tarqalishi boʻyicha vaziyatni batafsil tahlil qilib berdi va pandemiya qiyin sharoitlarda iqtisodni quvatlashga yoʻnaltirligan,  Yaponiya hukumati bilan oʻtqaziladigan asosiy chora-tadbirlar toʻgʻrisida aytib berdi. Aholini qoʻllab-quvatlash boʻyicha Yaponiya faol ijtimoiy siyosatiga katta eʼtibor qaratildi.

Maʼruza talabalarda katta qiziqish uygʻotdi. Prezentatsiya tugashi bilan professor Taguchi talabalar savollariga javob berdi, keyin pandemiya sharoitida iqtisodiy barqarorlikni qoʻllab-quvatlash boʻyicha dunyodagi olib borilayotgan islohatlar toʻgʻrisida muhokama qilish va fikr almashish boʻlib oʻtdi. Maʼruzada 150 dan ortiq JIDU talabalari ishtirok etishdi.

Keyinga maʼruza 9-oktyabrga belgilangan. Bu maʼruza sikli tashkilotchilari Sharq tillar kafedrasi mudiri X.Shavkatovna, Xalqaro iqtisodiyot va menedjment fakulteti dekani M.Xamdamov, xamda JIDU Xalqaro aloqalar boʻlimi.

Maʼlumot uchun: 26-avgust 2020-yilda Yaponiyadagi Oʻzbekiston Respublkasi elchixonasi yordamida JIDU rahbariyati va Saytama Universiteti yuqori vakillari bilan birgalikdagi onlayn muzokaralar boʻlib oʻtdi, u yerda JIDU va  Saytama Universiteti oʻrtasida xamkorlik shartnomani imzolash, xamda “Yapon tili” va “Yaponiya zamonaviy jamiyati (madaniyat,tarix,adabiyot,saʼnat)”  yoʻnalishlardagi yapon va ingliz tillarida onlayn maʼruzalarini tashkillashtirish, ikkta universitetining yosh izlanuvchilari, magistrantlari va doktorantlari bilan boʻlib oʻtadigan qoʻshma onlayn xalqaro ilmiy konferensiyalar va seminarlar oʻtqazish, xamda  qoʻshma ilmiy izlanishlarini amalga oshirish va natijalarini nashr etish kelishuvlariga erishildi. Metodologiya va talabalar va magistrantlar ilmiy-izlanish faoliyatini tashkillashtirish usullari maʼvzulariga eʼtibor qaratishga qaror qilindi.

Professor Taguchi Yaponiya universiteti bilan xamkorlik qilish boʻyicha bosh koordinatori, turli xil shakldagi va yoʻnalishdagi yaqin istiqbol oʻzaro aloqalarini  oʻz ichiga olgan boʻlajak tadbirlarning loyixa mualifi.