17.09.2020 2823

Joriy yilning 16 sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Senati, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU)  hamda BMT Taraqqiyot dasturi ofisi tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan “Pandemiyaning Markaziy Osiyoga ta’siri: dastlabki saboqlar, koronainqiroz va transformatsiya istiqbollari” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o’z ishini boshladi.

Tadbirni O’zbekiston Respublikasi Senati raisi T.K.Narbayeva, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi, JIDU rektori A.A.Abduvaxitov, AQShning Markaziy Osiyo va Kavkaz institutining va Ipak yo’li tadqiqot dasturining asoschisi va raisi F.Starr hamda BMT Taraqqiyot dasturining O’zbekistondagi doimiy vakili M.Dimovska o’z kirish nutqlari bilan ochib berdi.

Konferensiyaning birinchi kuni to’rt yo’nalishda olib borildi. Unda  AQSh, Afg’oniston, Qozg’iston, Ozarbayjon, Turkiya, Buyuk Britaniya, Isroil, Qirg’iziston Respublikasi, Rossiya, Ispaniya, Tojikiston, Pokiston, Malayziya hamda O’zbekistonning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari va Oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, olimlar, davlat organlari vakillari hamda yosh tadqiqotchilar o’zlarining pandemiyaning davlatlarning ichki va tashqi siyosati kelajagiga ta’siri, koronavirus asoratlarini yengib o’tishda xalqaro ya’ni ko’p tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning ahamiyati,  xalqaro tashkilotlarning favqulotda vaziyatlar, xususan koronavirus pandemiyasi ta’sirini yumshatishdagi o’rni va kelgusida koronaviru salbiy oqibatlarini kamaytirishga oid ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga bag’ishlangan ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Tadbir davomida, O’zbekistonning koronavirus salbiy oqibatariga qarshi kurashish bo’yicha tajribasi yuqori baholandi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan koronavirus pandemiyasi nafaqat jahon sog’liqni saqlash tizimiga, balki davlat va jamiyat hayotining butun ijtimoi-iqtisodiy, siyosiy, madaniy majmuiga nafaqat salbiy ta’sir ko’rsatgani, balki ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy himoya, moliya, aholi bandligi kabi sohalarda mavjud muammolarni yuzaga chiqargan holda, istiqbolda sezilarli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda transformatsiyalarga sabab bo’lishi ta’kidlandi.


YouTube-da xalqaro konferentsiyaning birinchi kunidagi videoyozuv.