O’zbekistonda ilk bor YXHT onlayn modeli tashkil etildi
11.09.2020 2200
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti YeXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi bilan hamkorlikda YXHTning O'zbekistondagi birinchi onlayn modelini o'tkazdi. 25 nafar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabalari va bitiruvchilari 2020-yil 2-4-sentabr kunlari "YXHT modeli" onlayn konferensiyasida ishtirok etishdi.
Onlayn konferensiya davomida ishtirokchilar YXHT tuzilmalari haqida ko'proq bilib olish, muzokaralar olib borish va xalqaro hujjatlarni tuzish ko'nikmalarini yaxshilash, shuningdek, YXHTning O'zbekistondagi faoliyatini uchta dasturi doirasida tushunish imkoniyatga ega bo'ldilar. Ular 1975-yilgi Xelsinki yakuniy akti, umumiy qadriyatlar va majburiyatlar asosida ko'p tomonlama hamkorlik tizimi tomonidan mustahkamlangan Yevropaning asosini tashkil etuvchi YXHTning tarixiy hujjati bilan tanishdilar. O'zbekistonda birinchi marta tashkil etilgan "YXHT modeli" Xelsinki yakuniy aktini imzolanganligining 45 yilligi bilan mos keldi.