O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining videokonfrensaloqa tarzida birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
11.08.2020 2481
Tadbirda Oliy Majlis Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev Yoshlar parlamenti a’zolarini samimiy qutlab, turli yo‘nalishlarda Vatanga sadoqat bilan ishlayotgan, ta’lim olayotgan, tashabbuskor, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga, keng dunyoqarash va chuqur bilim hamda liderlik salohiyatiga ega o‘g‘il-qizlar ushbu tuzilmadan joy olganini ta’kidladi.
Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Unda Yoshlar Parlamenti Raisi hamda Yoshlar Parlamenti Komissiya Raislari saylandi.
Jahon Iqtisdodiyoti va Diplomatiya universiteti, Xalqaro huquq fakulteti bitiruvchisi Mamatqulov Shoxrux Qudratjon o'g'li Yoshlar Parlamenti Kitobxonlikni keng targ'ib qilish va qonunchilik masalalari komissiyasi Raisi etib saylandi.
Hozirgi kunda Mamatqulov Shoxrux Qudratjon o'g'li O'zbekiston Respublikasi Adliya Vaziriligi Davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini tahlil va monitoring qilish boshqarmasi xodimi hisoblanadi.
Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti jamoasi Shoxrux Mamatqulovni keyingi ishlariga ulkan zafarlar tilab qoladi.