S.Y. Vitte nomli Moskva universiteti bazasida tashkil etilgan “Menejmentda innovatsion texnologiyalar: boshqaruv va ijtimoiy jihatlari” mavzusida online o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yakunlari haqida
03.07.2020 3122
2020-yil 30-iyunda online shaklda “Menejmentda innovatsion texnologiyalar: boshqaruv va ijtimoiy jihatlari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyani tashkilotchisi va operatori etib S.Y. Vitte nomli Moskva universitetining Boshqaruv fakulteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti belgilab olindi.
Konferensiyani ochishda va ishtirokchilarni qutlashda Boshqaruv fakultetini dekani, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, Rossiya Federatsiyasi oliy kasb ta’limini faxriy xodimi Ribokene Yelena Vladimirovna quyidagilarga o‘z e’tiborini qaratdi: dunyoda sodir bo‘layotgan og‘ir epidemiologik vaziyatni inobatga olib ilmiy jamoatchilikni yakdilligi asosida va ularni dolzarb mavzularda ochiq kasbiy muloqotlari faqat ushbu kasblari tor doirasidagi mutaxassislarni ishonchini mustahkamlab, hamkorligini davom ettirishni tasdiqlab berdi.
Konferensiyani asosiy maqsadi etib korxona va tashkilotlarni boshqarishda nazariy va amaliy masalalarini rivojlantirishga baho berish, axborotlashtirish, globallashuv, insoniylik qadriyatlarini qo‘llab-quvvatlash va boshqa zamonaviy jamiyatni rivojlantirish tendensiyalariga e’tiborni qaratish, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni rivojlantirish ustuvorliklarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgandir.
Konferensiya ishtirokchilari va mehmonlarga qaratib tabrik so‘zlari bilan JIDU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, yuridik fanlari doktori Ismailova Gulnoza Saydiganixodjaevna hamda S.Y.Vitte nomli Moskva universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, texnika fanlari doktori, professor Parfenova Mariya Yakovlevna so‘zga chiqdilar.
Konferensiyada ishtirok etish uchun 75 ariza kelib tushdi. Ishtirokchilar qatorida O‘zbekiston, Belorusiya, Fransiya va Rossiya mamlakatlaridan vakillar ishtirok etilgan, jumladan ekspert-mutahassislar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tashkilot, davlat idoralari, iqtisodiyotni real sektori vakillari, hamda 10 ta oliygohdan ushbu yo‘nalishda tahsil olayotgan bakalavriat, magistratura talabalari va aspirantlardir.
Online konferensiyaning moderatorlari etib iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Kovshova Marina Vladimirovna va siyosiy fanlar nomzodi dotsent Rudniskaya Anastasiya Pavlovna boshqarib borishdi.
Konferensiya ishi quyidagi tematik bloklar doirasida olib borildi:
- Innovatsion texnologiyalar asosida boshqaruvning dolzarb jihatlari;
- Inson kapitali va korporativ bilimlarni boshqarish;
- XXI asr ijtimoiy harakatlarni psixologik paradigmasi.
Konferensiyada taqdim etilgan ma’ruzalar ishtirok etuvchilar tomonidan qizg‘in bahs-munozaralar, savol-javoblar, qo‘shimcha chiqishlar, tajriba almashuv va tadqiqot natijalarini e’lon qilishi bilan davom etdi.
Konferensiyaning Yalpi majlisi S.Y.Vitte nomli Moskva universiteti menejment kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori Artemev Nikolay Valentinovich boshchiligida o‘tkazildi. Konferensiya ishining asosiy natijasi sifatida uning original g‘oyalari bilan nazariy va metodologik natijadorligi, innovatsion boshqaruv usullarining ko‘pligi umume’tirof etildi.
Konferensiya tashkiliy qo‘mitasining a’zolari va barcha ishtirokchilar konferensiyani tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini katta hissa qo‘shganligini ta’kidlab o‘tdilar.
Xorijiy universitetlarni S.Y.Vitte nomli Moskva universiteti bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Konferensiya ishtirokchilari ushbu shakldagi ilmiy tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Konferensiya ishtirokchilari ilmiy maqolalari to‘plamini chop etishga qaror qilindi, hamda eng yaxshi ma’ruzalar ilmiy indeksga ega bo‘lgan tarmoq ilmiy jurnallarida chop etishga kelishib olindi.
Konferensiya natijalari, asosiy xulosalari konferensiya yakuniy rezolyutsiyasida o‘z aksini topdi va ishtirokchilar tomonidan ma’qullandi.