JIDU bitiruvchisi Dilshod Axatov O'zbekistonning Hindistondagi elchisi etib tayinlandi
22.06.2020 3020
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Axatov Dilshod Hamidovichni O'zbekistonning Hindistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlash to'g'risida qaror qabul qildi.
U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining birinchi bitiruvchilaridan biridir.
Dilshod Axatov diplomatik faoliyatda boy tajribaga ega, u Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatida turli rahbar lavozimlarda ishlagan.
U O'zbekistonning Germaniyadagi elchisi (bir vaqtning o'zida Shveytsariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyada), so'nggi yillarda tashqi ishlar vazirining o'rinbosari lavozimida ishlagan.
Dilshod Axatovga shunday mas'uliyatli diplomatik faoliyatda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!