11.06.2020 3564

2020-yil 10-iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-oʻqituvchilari, doktorant, tadqiqotchilar hamda talabalar bilan videokonferensaloqa tarzida onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda pandemiyaning oqibatlari va xalqaro munosabatlarning dolzarb masalalari borasida soʻz yuritildi.

Xususan, Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S.Safoyev koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hodisa sifatida umumiy xususiyatlari, uning geosiyosiy, moliyaviy, iqtisodiy, gumanitar va ijtimoiy sohalarga taʼsiri haqidagi oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

Uchrashuvda koronavirusning jamiyatga va iqtisodiy rivojga taʼsiri masalalari boʻyicha ham tushuntirish berildi.

Pandemiya Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati va davlat organlari oʻrtasida koronavirus epidemiyasining salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha hamkorlikni kuchaytirgani namoyish etgani qayd etildi.

Bundan tashqari, uchrashuvda Universitet professorlari tomonidan ham koronavirus pandemiyasining oqibatlarini qayta koʻrib chiqishda kompleks yondashuv hamda nazariy va amaliy sinergiyaning muhimligi toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Shuningdek, hozirgi sharoitda Oʻzbekiston aholisining turmush farovonligini oshirishning keyingi bosqichlari, pandemiya bilan bogʻliq muammolarni hal qilishdagi chora-tadbirlar, epidemiyaning kelib chiqishi va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik istiqbollariga oid savollarga batafsil javob qaytarildi.


Uchrashuv videosi