03.06.2020 4060

2020-yilning 2-iyun sanasida Universitetning onlayn-konferensiyalar platformasida JIDU oʻqituvchilari, tadqiqotchilari, magistrlar va talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari Svetlana Boymirzayevna Ortiqova bilan “Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlarining himoya qilinishi” mavzusidagi uchrashuvda ishtirok etdilar. Karantin davrida turli davlat organlari bilan onlayn uchrashuvlar oʻtkazish Universitetning yaxshi odatiga aylandi.  Uchrashuv davomida Svetlana Ortiqova inson huquqlarining himoya qilinishiga, hamda Oʻzbekistonning Inson huquqlari boʻyicha qoʻmitasi oldidagi majburiyatlari bajarilishiga oid masalalarni keng yoritdi. Juda qiziqarli hamsuhbat boʻlgan Svetlana Boymirzayevna pandemiya davrida inson huquqlarini himoya qilishning va huquqbuzarliklarni oldini olish  ahamiyatiga toʻxtalib oʻtdilar. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida oʻtdi, gender tengligi masalalari va Oʻzbekistonda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish  masalalari keng yoritildi. 

Mazmunli va qiziqarli suhbat va talabalarga kelgusi ish faoliyatigi maslaxatlar uchun Svetlana Ortiqovaga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Talabalar Bosh prokurori oʻrinbosarini karantin choralari bekor qilingandan soʻng JIDUga shaxsiy uchrashuvga taklif etdilar.


Uchrashuv videosi