11.03.2020 3964

YTTB Prezidentining Rossiya, Markaziy Osiyo va Mo'g'uliston bo'yicha katta siyosiy maslahatchisi janob Jonatan Eyvs, YTTB prezidenti Suma Chakrabartining O'zbekistonga tashrifi doirasida JIDUga tashrif buyurib, universitet faoliyati, intellektual salohiyati va istiqbollari bilan tanishdi. Jahonga taniqli moliya institutining yuqori vakili jumladan JIDU olimlarining ekspert fikrlari bilan qiziqdi, xususan, etakchi tadqiqotchi Akram Umarov bilan suhbatlashdi.

Jonatan Eyvs ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning davlat dasturida ijorosi doirasida erishilgan yutuqlari va asosiy ustuvor yo’nalishlari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning yangi tashabbuslari amalga oshirilishi haqida batafsil ma'lumot oldi.

Respublikamiz va turli xil mintaqaviy va xalqaro integratsiya formatlari o'rtasidagi hamkorlikning istiqbollari, O'zbekiston va qo'shni davlatlar o'rtasidagi hamkorlikning yangi mintaqaviy siyosati, Markaziy Osiyoning infratuzilmasini modernizatsiya qilishda "Makon va Yo'l" tashabbusining imkoniyatlari va Afg'onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Jonatan Eyvs JIDU olimlari bilan kelgusida hamkorlik ko’lamini kengaytirish istagini bildirdi.