Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Yuridik klinikada sayyor sud o'tkazildi
28.02.2020 4993
2020-yilning 27-fevralida JIDU Yuridik klinikasida sud jarayoni simulyatsiyasi boʻlib oʻtdi. Toshkentdagi fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo-Ulugʻbek tumanlararo sudining amaldagi sudyasi Sattarov Omon Ilxamovich simulyatsiyada sudyalik qildi.
Oʻyin boshlanishidan avval JIDU Yuridik klinika rahbari Ubaydullayev Ziyedulla Sagdullayevich kirish soʻzi bilan chiqdib sudyani tanishtirdi va ushbu tadbirning maqsadi haqida soʻzlab berdi.
Jarayon ishtirokchilari 2-va 3-kurs talabalari boʻlib, daʼvogar va sudlanuvchilarni rolini ijro etishdi. Tegishli hujjatlarni tayyorlab, dalillarni toʻplashdi va oʻz pozitsiyalarini sudga taqdim etishdi.
Jarayon oxirida sudya qaror qabul qildi va soʻngra izoh berdi. U jarayonda muvaffaqiyatli ishtirok yetish uchun yana qanday koʻnikmalarni ishlab chiqish zarurligiga eʼtibor qaratdi. Tadbir barcha ishtirokchilar uchun foydali boʻldi.