21.02.2020 4336

Joriy yilning 17 fevral kuni JIDU Ingliz tili kafedrasi falsafa fanlari doktori Feruz Akobirov bilan uchrashuv tashkil etdi. Uchrashuvdan maqsad talabalarni ilmiy izlanish asoslaridan xabardor qilish va ularni doktorantura bosqichida olib boriladigan ishlar bilan tanishtirish edi. Uchrashuvda ingliz tili kafedrasi o'qituvchilari hamda Xalqaro aloqalar fakultetining birinchi va uchinchi bosqich talabalari qatnashdi.

Doktor Feruz Akobirov AQShning Kanzas universitetida Ta'lim Texnologiyalari yo'nalishida doktoranturani bitirgan. Uning ilmiy ishi talabalarning ingliz tilini o'rganishidagi ishtiyoqi-motivasi hamda  ingliz tilini o'rganishda texnologiyaning ta'siri haqida.

Uchrashuv davomida talbalar ilmiy izlanishga oid turli savollarga javob olishdi va AQSh universitetlarida PhD ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya yozish bosqichlari haqida atroflicha ma'lumotga ega bo'lishdi.