21.08.2016 35290

2016 yil 20-21 avgust kunlari, O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko'rish, “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturida ko'zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo'lgan o'zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg’araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yanada yuksaltirish maqsadida, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida umumxalq hayriya hashari o'tkazildi.

Ushbu hayriya hasharida universitet hududini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, universitet hududidagi va uning atrofdagi perimetrlar bo'yicha ariqlarni tozalash va qayta ta'mirlash, gulzor va daraxtzorlar er qismi chopish, hudud yo'laklari ta'mirlash, binolarning atrofini tozalash va boshqa ishlar amalga oshirildi.

Ushbu hasharda universitet professor-o'qituvchilari, xodimlari va talabalari faol ishtirok etishdi.