14.02.2020 4750

Joriy yilning 10-14 fevral kunlari Britaniya Konsulligi va O'zbekiston Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi hamkorligida "English as a Medium of Instruction" loyihasi doirasida seminar-trening bo'lib o'tdi. Mazkur loyiha turli yo'nalishlardagi fanlar va modullarni ingliz tilida o'qitish tajribasini rivojlantirish, bu sohada strategiyalarni ishlab chiqish, fan o'qituvchilariga o'quv va baholash materiallarini ingliz tilida yaratish orqali dasturlar mazmunini boyitish imkonini yaratishga qaratilgan. Loyihaning yana bir maqsadi fanlar va modullarni ingliz tilida o'tadigan o'qituvchilar va ingliz tili o'qituvchilarining hamkorlikda ishlashini yo'lga qo'yishdir.

JIDU o'qituvchilari Irmuhammedova G.N., Abdullayev A., va Voxidova N. mazkur seminar treninglarda faol qatnashib, sertifikatlarni qo'lga kiritishdi. Loyiha tashkolotchilari tomonidan mutaxassislik fanlarinini hamda ingliz tilini o'qitish uchun xorojiy adabiyotlari JIDU ga taqdim etildi.