Yaponiya elchisi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faxriy doktori unvoni bilan taqdirlandi
09.08.2016 37010
2016-yilning 9-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi TIV qoshidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Yaponiya Favqulodda va Muxtor Elchisi Fumihiko Kato bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rektori Abdumalik Djumanov oliy o‘quv yurti Ilmiy kengashining Elchini JIDU Faxriy doktori unvoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarorini o‘qib berdi va tantanali ravishda unga tegishli diplomni topshirdi.
Ilmiy kengash qaroriga ko‘ra Fumihiko Katoning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarini izchil rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy xizmatlari tan olinadi.
Elchi, o‘z navbatida, faoliyatiga berilgan yuqori baho uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.