04.01.2020 6332

Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida dotsent Zlika Kdirbaevna Orazymbetova “Qoraqalpoq vaqtli matbuoti tilining stilistik xususiyatlari” mavzusida filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Rasmiy opponent sifatifa filologiya fanlari doktori, JIDUning "Ijtimoiy-siyosiy fanlar" kafedrasi professori F. I. Mo'minova ishtirok etdi. Ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash a'zolari va boshqa olimlar, taniqli jamoat arboblari tadqiqotchi ishining ahamiyati, globallashuv sharoitida va axborot oqimining o'sishi sharoitida milliy tilning boyligi va madaniyatini saqlash zarurligini ta'kidladilar.

Qoraqalpoq davlat universitetida 15 ga yaqin fakultetlar mavjud, universitetda keng xalqaro ilmiy aloqalar o'rnatilgan, taniqli olimlar, O'zbekiston, Markaziy Osiyo va dunyoning etakchi oliygohlaridan mutaxassislar bu erga doimiy ravishda taklif etiladi.

Nukus madaniyat va ma'rifat markazidir, unda ko'plab oliy va o'rta o'quv yurtlari, muzeylar, kinoteatrlar, kitob do'konlari, madaniy udoralari, istirohat bog'lari va dam olish maskanlari mavjud. Nukus markazida yangi qurilgan binoda joylashgan Davlat tarixi va madaniyati muzeyi astoydil diqqatga sazovordir. Uning zallarida Qoraqalpog'iston tabiati, xalqining o'ziga xos hayoti, boy hunarmandchiligi, amaliy va badiiy san'atiga oid noyob eksponatlar bilan tanishish mumkin. KDU filologiya fakulteti dotsenti Ziyeda Kojikbaevaning tashabbusi bilan bizning ushbu muzey bilan tanishishimiz sodir bo'ldi.

Fotima Mo'minova, JIDU professori