23.12.2019 7517

JIDUning “Amaliy siyosatshunoslik” mutaxassisligi bo'yicha talabalarii «Sevimli» telekanalidagi “Zamon” axborot-tahliliy dasturi tahrirriyati faoliyati bilan tanishdi. "Zamon" dasturining muharriri va teleboshlovchisi Jahongir Olimov talabalarga efirga axborot materiallarni yig'ish, qayta ishlash va tayyorlash metodikasi bo'yicha master-klass o'tkazdi. U teledasturlarda muhokama qilinayotgan dolzarb mavzular va muammolar, tomoshabinlar bilan faol muloqot, ularning tahririyatga murojaatlari va takliflari haqida gapirib berdi. "Zamon" dasturining muxbiri Shamofat Maxmudova magistratura talabalarini telejurnalistlar va operatorlarning yangiliklar dasturlarini tayyorlash amaliyoti bilan tanishtirdi, u telestudiyada ishlashning o'ziga xos xususiyatlarini, intervyu va reportaj olish mahoratini namoyish etdi. Tadbir JIDU «Ijtimoiy-siyosiy fanlar» kafedrasi professori F.I. Mo'minova tomonidan “Siyosiy mediasavodxonlik” fani doirasida tashkil etildi. Televidenieda muhokama qilingan mavzular bo`yicha magistrantlar mabuotda chop etish uchun siyosiy maqolalar tayyorladilar.