Bag’rikeng va barqaror rivojlanishni ta’minlashda ayollar o’rni
18.11.2019 6308
2019-yilning 16-noyabr kuni, Yoshlar parlamenti doirasida “Bag’rikeng va barqaror rivojlanishni ta’minlashda ayollar o’rni” deb nomlangan forum o’tkazildi. Ushbi forumda O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari, Respublika xotin-qizlar qo’mitasi raisi E.I.Bositxonova, Toshkent shahar hokimi o’rinbosari, shahar xotin-qizlar qo’mitasi raisi D.K.Najmiddinova, Mirzo Ulug’bek tumani hokimi o’rinbosari, tuman xotin-qizlar qo’mitasi raisi X.A.Safarova, BMT ning O’zbekistondagi doimiy vakili Helena Frayzerlar ishtirok etishdi. Shuningdek JIDU bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari va professor-o’qituvchilari qatnashdilar.
Ushbu forumda bag’rikenglik to’g’risidagi Deklaratsiya, ayollarning dunyodagi u’rni, Skandinaviya davlatlaridagi yetakchiligi, ularning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki va O’zbekiston ayollarining yetakchiligi masalalari ko’tarildi.
Shu bilan birga, lider qizlar klubi a’zolari, Xalqaro munosabatlar fakulteti talaba qizlari ko’rgazmali materiallari bilan o’z chiqishlarini namoyish etdilar. Forum yakunida barcha ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolliklarini oshirish to’g’risidagi murojaatnoma qabul qilindi. Siyosiy muammolarni hal qilishda va O’zbekiston ayollarining xalqaro maydondagi faol ishtirokini ta’minlashda ayollar liderligi potentsialini ishlatish bo’yicha takliflar aytib o’tildi.