Saylov -2019 talaba-yoshlar nigohida
11.11.2019 6360
Oʻzbekiston Xalq Demokratik Partiyasi Siyosiy mafkurasinining ustuvor yoʻnalishlari va partiyaning dasturiy maqsadlari asosida “Saylov-2019 talaba-yoshlar nigohida” mavzusidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 20-oktyabrdan – 20-noyabrga qadar “Saylov qonunchiligi targʻibotini oʻtkazish haqida”gi qarori ijrosini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari, viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga 2019-yil 22-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan saylovlarda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash hamda saylov qonunchiligi boʻyicha yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida joriy yilning 8-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari bilan birgalikda, OʻzXDP Mirzo Ulugʻbek tuman kengashidan deputatlikka nomzodlar bilan “Saylov-2019 talaba-yoshlar nigohida” mavzusidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur uchrashuvda OʻzXDP Mirzo Ulugʻbek tuman kengashi raisi Sh.Qurbonova, tuman kengashidan nomzodlar, universitet professor oʻqituvchilari, hamda “Xalqaro munosabatlar”, “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” va “Xalqaro huquq” fakultetlarining bir guruh faol talabalari ishtirok etdilar.
Uchrashuv jonli tarzda, bahs-munozara tariqasida qizgʻin boʻlib oʻtdi va talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga nomzodlardan asoslantirilgan, loʻnda va toʻliq javob oldilar.