Saylov-2019 ga faol tayyorgarlik
05.11.2019 6507
“Saylov-2019 ga faol tayyorgarlik” – ushbu shior ostida “Siyosiy texnologiyalar” oʻquv dasturi doirasida “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 1 va 2-kurs talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining (MSK) Xalqaro matbuot markazida boʻlib oʻtdi.
MSK vakillari qatnashchilarga joriy yilning 22-dekabr kuni Parlament va xalq deputatlarining mahalliy kengashlariga boʻlib oʻtadigan saylovlarga tayyorgarlik jarayonining tafsilotlari haqida gapirib berdi.
Ushbu muhim siyosiy tadbir birinchi marotaba Oʻzbekiston Respublikasining yangi Saylov kodeksiga muvofiq oʻtkaziladi. Saylovda 21 millionga yaqin saylovchi, shu jumladan 2 milliondan ziyod yoshlar birinchi marotaba ishtirok etishi qayd etildi.
Interfaol tarzda oʻtgan suhbat davomida MSK mutaxassislari saylovni tashkil qilishda ishtirok etadigan xalqaro kuzatuvchilar bilan ishlashning oʻziga xos xususiyatlari haqida soʻz yuritdi.
Tadbir yakunida “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 1-2 kurs talabalari, davlat va xususiy teleradiokanallarga intervyular berib, unda oʻzlarining aniq va qatʼiy fuqarolik pozitsiyalirini namoyon etdi. Qiziqarli jihati shuki, talabalar fikrlarini ingliz, fransuz va koreys tillarda bildirdi.
Talabalarning eʼtirofiga koʻra, ushbu uchrashuv ular uchun keng aholi orasida saylov madaniyati va siyosiy savodxonlikni targʻib qilishda kuchli motivatsiya boʻlib xizmat qildi.