18.02.2020 10086

Turkiya Hukumati tomonidan 2020-2021-yil uchun “Turkiya grantlari” Xalqaro talabalar va ilmiy tadqiqotchilarga Turkiya oliy taʼlim muassasalarida grant asosida tahsil olish va ilmiy tadkiqot olib borish imkoniyatini beruvchi grantlar dasturi eʼlon qilingan.

Ushbu grantlar dasturi bakalavriat, magistratura, doktorantura taʼlim bosqichlari va ilmiy tadkiqot olib borish uchun moʻljallangan boʻlib, ular universitetga joylashtirish, 1 yillik turk tili kursi, tibbiy sugʻurta, bir martalik aviachipta, stipendiya, oʻqish uchun toʻlov, madaniy va ilmiy dasturlar, yotokxona bilan taʼminlash kabilarni oʻz ichiga oladi.

Stipendiya miqdori bakalavr talabalari uchun har oy 800 turk lirasi (TL), magistratura talabalari uchun 1100 TL, doktorantlarga 1600 TL, ilmiy tadqiqotchilar uchun 3000 TL, davlat xodimlari va ilmiy xodimlar uchun “Turkcha mulokot dasturi (KAT1R)” 2000 TL ni tashkil qiladi.

Ilmiy tadqikotchilar uchun grantlar fakatgina oylik stipendiya bilan cheklangan. “Turkcha muloqot dasturi (KAT1R)” granti oylik stipendiya, yotoqxona, aviachipta, madaniy va ijtimoiy tadbirlarni oʻz ichiga oladi.

“Turkiya grantlari” dasturiga onlayn tarzda quyidagi veb-sayt orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin: www.turkiyeburslari.gov.tr

Mazkur tanlovning yosh jixatdan cheklovlari veb-saytda keltirilgan.

Xujjat topshirish muddatlari “Turkiya grantlari” dasturining veb-sayti “Application calendar” sahifasida maʼlum qilingan.

(unofficial translation from Russian)