Universitetga kelib tushgan murojaatlar tahlili

Bu yerda siz o’zingizning savolingizni yoki murojaatingizni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining elektron qabulxonasiga jo’natishingiz mumkin.

Iltimos ushbu shaklni to’liq to’ldirib “Yuborish” tugmasini bosing.

Yulduzcha (*) bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart.

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 3-dekabr qabul qilingan №378-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi” qonunga muvofiq:

Jismoniy shaxslarning murojaatlari (keying o‘rinlarda murojaatlar) JIDUga og‘zaki, yozma yoki elektron shakllarda qilinishi mumkin.

Universitetning “ishonch telefoni”ga qilingan murojaatlar og‘zaki murojaatlar sifatida ko‘rib chiqiladi.

Universitetning rasmiy elektron manziliga hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatlari yagona interaktiv portali (hukumat portali) orqali kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar sifatida ro‘yxatga olinadi.

Murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish uchun taqdim qilish hamda ijro ustidan nazoratni Kanselyariya amalga oshiradi.

Ro‘yxatga olingan murojaatlar kelib tushgan vaqtdan bir ish kunidan ko‘p bo‘lmagan davr mobaynida ko‘rib chiqishga kiritiladi.

JIDU vakolatiga kirmaydigan murojaatlar tegishli idoraga jo‘natiladi hamda bu haqida murojaat qiluvchiga yozma yoki elektron tarzda ma’lum qilinadi.

Murojaatni ko‘rib chiqish natijasi to‘g‘risida murojaat qiluvchiga yozma yoki elektron tarzda ma’lum qilinadi.

Javob xati mumkin qadar murojaat qilingan tilda yoziladi.

Ariza va shikoyatlar, agar qo‘shimcha o‘rganish talab qilinasa, kelib tushgan vaqtdan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Agar qo‘shimcha o‘rganish talab qilinsa, murojaat bir oy davomida ko‘rib chiqilihsi mumkin.