Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga bakalavriat uchun (dastlabki imtihonga) abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish 2022-yil 15-iyundan 5-iyulgachao‘tishini e’lon qilamiz.
09.06.2022 19022
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga bakalavriat uchun (dastlabki imtihonga) abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish 2022-yil 15-iyundan 5-iyulgachao‘tishini e’lon qilamiz.
Bakalavriat uchun quyidagi yo‘nalishlarda hujjatlar qabul qilinadi:
“Xalqaro munosabatlar” (60310800);
“Siyosatshunoslik” (60310700);
“Xalqaro iqtisodiyot va menejment” (mintaqalar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) (60412000);
“Yurisprudensiya” (60420100).
Dastlabki saralash imtihonlari 1-7-iyulga qadar Universitet hududidao‘tkaziladi. Dastlabki saralash imtihonlari quyidagi bloklardan iborat bo‘ladi:
Intellektual daraja (40 ball), mantiqiy va keng fikrlash, turli tushunchalar, faktlarni taqqoslash hamda ularningo‘rtasidagio‘zaro bog‘liqlikni topish;
Ona tilini bilish darajasi (30 ball),o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari), shuningdek, umumtaʼlim maktablari (11-sinf bazasida) dasturlariga kiritilgano‘zbekiston madaniyati, sanʼati, tarixi, geografiyasiga taalluqli va boshqa masalalar yuzasidan savodli va asosli tushuntirish qobiliyati;
Xorijiy tillarni (ingliz, fransuz va nemis tillari) bilish darajasi (30 ball),o‘zbekiston madaniyati, sanʼati, tarixi, geografiyasiga taalluqli va boshqa sohalarga oid masalalar yuzasidan savodli va asosli tushuntirish qobiliyati. Bunda, xorijiy tillar bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan, IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TOEFL IBT bo‘yicha kamida 61 ball bilim darajasi ko‘rsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, test DaF, GOETHE sertifikati, DELF sertifikati imtihonlaridan CEFR uslubi bo‘yicha B2 minimal darajasi sertifikatlarga ega bo‘lgan abiturientlarga ushbu savollar bloki bo‘yicha maksimal ball beriladi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) bakalavriat yo‘nalishlarigao‘qishga qabul qilishda dastlabki imtihonnio‘tkazisho‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyundagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3795-sonli Qarori,o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 iyuldagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 594-son Qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida 2022-2023o‘quv yili 1 kurs talabalari uchun bir nafar talabanio‘qitish narxi:
1 |
Bakalavriat - 1 kurs |
31 872,000 so‘m |
2 |
Bakalavriat xorijiy talabalar - 1 kurs |
33 300,000 so‘m |
3 |
Bakalavriat xorijiy talabalar - 1 kurs |
38 850,000 so‘m |
ContacQabul komissiyasi bilan bog‘lanish uchun:
Telegram: @uwed_admission
Elektron pochta: admission@inno.uwed.uz
Telefon: (+99871) 267-05-88.
Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun Telegram’dagi kanalimizni kuzatib boring: @uwed_official