16.02.2022 2964

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun universitet hududida joylashgan markaziy oshxonani ijaraga berish bo‘yicha tender e’lon qiladi.

Ob'ektning xarakteristikasi:

Ovqatlanish xonasi ikki qavatli 2 ta pavilyon, 1 ta maxsus mehmonlar uchun maxsus xona, omborxona, 2 ta ovqat tayyorlash xonasidan iborat. Universitet xodimlari soni 400 ta, shuningdek, 1500 talabani tashkil qiladi.

Talablar:

  1. O'zbekiston Respublikasining umumiy ovqatlanish xizmatlari ko'rsatish to'g'risidagi qonunlariga rioya qilish;
  2. Kuniga kamida 400 kishini issiq ovqat bilan ta'minlash;.
  3. Bufetlarda issiq ichimliklar va shrinlik va non mahsulotlari bilan savdoni tashkil etish;
  4. Talabga ko’ra kofe-breyk va banketlar tashkil etish.
  5. Ijaraga olingan ob'ektlar uchun issiqlik energiyasini,elektr energiyasi, suv ta'minotini tashkil etish bo'yicha shartnomalar tuzish;
  6. Ijara ob'ektlarini sanitariya me'yorlari va yong'in xavfsizligi talablariga muvofiq saqlash. Dezinfeksiya, deratizatsiya, dezinseksiya, axlatni yo'q qilish ishlarini olib borish;
  7. Ijaraga olingan asbob-uskunalar va binolarning moddiy boyliklarining but holatda saqlanishini ta'minlash;

Barcha tadbirkorlarni, umumiy ovqatlanishni tashkil etishda tajribaga ega bo‘lgan barcha mulkchilik shaklidagi tashkilot va korxonalarni 2022-yil 23-fevralgacha o‘z takliflarini bildirishga taklif qilamiz.

Aloqa uchun – Azamat Abidov

Tel.: +998 94 6422225