Farmonov Rahmon Farmonovich
Kafedra: Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi
Lavozimi: Professorlar
E-mail: rfarmonov@uwed.uz
Faoliyat annotasiyasi:
1967 yil Tojikiston Davlat universiteti tarix fakultetini tamomladi. Tarixchi va jamiyatshunos mutaxassisligini olgan. 1967-1970 yillarda “Yangi va eng yangi tarix” kafedrasida ishladi.
1969 yil may oyidan to 1970 yilgacha TojDU da assistent sifatida ishladi, so‘ngra harbiy xizmatga chaqirilib, harbiy xizmat tugagandan so‘ng yana o‘z ish faoliyatiga qaytgan. 1970-yil noyabridan to 1973-yil dekabrigacha Lomonosov nomidagi MDU aspiranturasida o‘qidi. 1974-yil fevralida Fransiya yangi tarixi bo‘yicha: “Bonapart davlat to’ntarailishi (2 dekabr 1851 yil)ning fransuz zamonaviy publitsistikasidagi o‘rni” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
1975 yil mart oyidan to 1980 yil may oyiga qadar TojDU da o’qituvchi sifatida, keyinchalik kata o’qituvchi va dotsent sifatida ishladi.
1980 yil may oyidan Toshkent Oliy partiya maktabiga dotsent sifatida o’tib, 1990 yil 1 oktyabriga qadar faoliyat olib bordi. 1990 yil oktyabridan to 1992 yil oktyabriga qadar Moskvadagi Rossiya boshqaruv Akademiyasida doktoranturada bo’ldi.
1992 yil 1 oktyabrida RBA ixtisoslashgan ilmiy kengashida doktorlik dissertatsiyasi: “1848-49 yillardagi Inqilob va Fransiya ikkinchi respublikasi 1848-51 yillardagi siyosiy rivojlanishiga ta’siri” mavzusida himoya qilgan.
Sobiq ittifoqning parchalanishi tufayli ToshDU tarix fakultetiga dotsent sifatida ishga yuborildim. 1993 yil dekabridan Yevropa va Amerika mamlakatlarining yangi va eng yangi tarixi kafedra mudiri lavozimida ishlagan.
1994 yil yanvar oyidan to 1996 yilgacha “Siyosatshunoslik: xalqaro munosabatlar” kafedrasi o’qituvchisi lavozimida ishladi. 1996 yil yanvar oyidan ToshDU dan JIDU “Siyosatshunoslik: xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri sifatida o’tkazildim.
2005-2006 o’quv yilllarida “Xalqaro munosabatlar” kafedrasida professor sifatida ishladi.
2006 yil iyun oyidan to 2012 yil noyabr oyiga qadar “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib bordi. 2012 yil noyabridan to hozirgi davrgacha “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professori.
JIDU da mehnat faoliyatim mobaynida mening rahbarligim ostida tarix va siyosatshunoslik bo’yicha 12 nafar shogirdlarim nomzodlik dissertatsiyaysini himoya qilganlar.
Shuningdek, tarix va siyosatshunoslik bo’yicha uchta doktorlik dissertatsiyasiga ilmiy maslaxatchi bo’lgan.
Ilmiy qiziqishlar doirasi: Fransiya tarixi va xalqaro munosabatlar tarixi.
O’qitiladigan fanlar: xalqaro munosabatlar tarixi, siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi, maxsus kurslari: O’zbekiston Geosiyosati, zamonaviy Fransiyadagi siyosiy jarayonlar.
Ilmiy ishlari:
- Развитие фразий общественно-политический мисл в года Республики (1848-1851) М,1992 монография
- Сиёмий тизимлар ва кўппартиявийлик ўқув қўлланмаТ.ЖИДУ 1999
- Жаҳон тарихи (XVI-XIXасрни 60 йиллари) 8-синфлар учун
- Замонавий сиёсатшунослик Қ.Жўраев билан 2013 йилдан Т.2000-2009
- Халқаро муносабатлар тарихи Т.,2014