Ibragimova Farangiz Aybek qizi
Kafedra: Xalqaro savdo va investitsiyalar
Lavozimi: O`qituvchilar
E-mail: ibragimova@uwed.uz
Faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot:
Ibragimova Farangiz Aybek qizi 1996 yil Xorazm viloyati Yangibozor tumanida tavallud topgan.
2014-2019 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi bo‘lgan.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘z faoliyatini 2019 yil “Tarjimonlar va gidlar tayyorlash” markazida metodist sifatida boshlagan. Bir vaqtning o‘zida 2019-2020 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistranti bo‘lgan.
2022 yil 5 sentabrdan buyon Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro moliya va investitsiyalar” kafedrasining o’qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ilmiy qiziqishlari/izlanishlar sohasi: Moliyaviy menejment tadqiqotlari, Markaziy Osiyo davlatlari savdo aloqalari, Global ta’minot zanjiri menejmenti.
Fanlardan dars beradi: Byudjet va soliq siyosati, Moliyaviy menejment.