Sharipova Umida Adhamovna
Kafedra: Xalqaro savdo va investitsiyalar
Lavozimi: Kafedra mudiri
E-mail: usharipova@uwed.uz
Faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot:
Sharipova Umida Adhamovna 1972 yil Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tavallud topgan.
1989-1994 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi bo‘lgan.
1997 yildan 1999 yilgacha Toshkent shahridagi 186-sonli o‘rta maktabda iqtisod, bank ishi, marketing fanlari o‘qituvchisi bo‘lgan.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘z faoliyatini 1998 yil “Xalqaro moliya” kafedrasida o‘qituvchi sifatida boshlagan. Bir vaqtning o‘zida 2002-2005 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti aspiranti bo‘lgan.
2007-2008 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchisi, 2008-2014 yillar hamda 2017-2018 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro moliya va investitsiyalar” kafedrasi katta o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan.
2013-2014 yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rindoshlik asosida “Iqtisodiyot va boshqaruv asoslari” kafedrasi o‘qituvchisi, keyinchalik 2014 yildan 2017 yilgacha kafedra mudiri lavozimida faolyat yuritgan.
2018 yil 5 fevraldan buyon Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro moliya va investitsiyalar” kafedrasining mudiri sifatida faolyat yuritib kelmoqda.
Ilmiy qiziqishlari/izlanishlar sohasi: Xalqaro marketing tadqiqotlari, Markaziy Osiyo davlartlari savdo aloqalari
Fanlardan dars beradi: Xalqaro tijorat ishi, Iqtisodiy diplomatiya, Marketing asoslari, Xalqaro marketing.