Malikov Numonjon Kamalovich
Kafedra: Xalqaro savdo va investitsiyalar
Lavozimi: O`qituvchilar
E-mail: nmalikov@uwed.uz
Faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot:
2008 yilda Toshkent islom universiteti “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasini, 2010 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro savdo ishi” ixtisosligi bo‘yicha magistr darajasini qo‘lga kiritgan.
2011-2012 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti stajer tadqiqotchi-izlanuvchisi, 2012-2013 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, 2014-2015 yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti “Iqtisodiyot va boshqaruv asoslari” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
2016 yilda yilda Slovakiya qishloq xo‘jaligi “Iqtisodiyot va menjment” fakulteti, 2017 yilda Estoniyaning Tartu universiteti Johan Skytte institutida ilmiy tadqiqot olib borgan. Shuningdek, o‘tgan davrda u Hindiston tadbirkorlikni rivojlantirish instituti hamda Xitoy Xalq Respublikasining Zhejiang Normal universitetlarida malaka oshirgan.
2018 yil fevral oyidan buyon Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro savdo va investitsiyalar” kafedrasida, 2019 yil fevraldan “Xalqaro moliya va investitsiyalar” kafedrasida dars olib boradi.
Ilmiy qiziqishlari/izlanishlar sohasi: Barqaror iqtisodiy o‘sish, tashqi savdo, BRICS davlatlarining iqtisodiy siyosati, Markaziy Osiyo davlartlari savdo aloqalari
Fanlardan dars beradi: Xalqaro investitsion faoliyat, Loyihalarni boshqarish, Xalqaro moliya, Iqtisodiy diplomatiya.