Boshqaruv inistituti
Boshqaruv instituti (BI) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 23 sentyabrdagi PF-474 sonli «Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tashkil qilish to‘g‘risida»gi farmoniga asosan tashkil etilgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tarkibiga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 24 oktyabrdagi 491-sonli va 1992 yil 3 dekabrdagi 567-sonli qarorlariga asosan Boshqaruv institutida kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslarini olib borish uchun mas'ul shaxslar hamda davlat tashkilotlari rahbar xodimlari ro‘yxati ko‘rsatib o‘tilgan.
Boshqaruv instituti - bu:
- Yanada egiluvchan va harakatchan tuzilma;
- Yuqori malakali olimlar, o‘qituvchilar va maslahatchilar ijodiy jamoasi;
- Ko‘pgina ijtimoiy tashkilotlar va jamg‘armalar, universitet va korporatsiyalar, biznes va menejment maktablari va yetakchi xorijiy mutaxassislar hamkorligi;
- Bizning ko‘pgina tinglovchilarimiz - vazirlik va idoralar, konsernlar, yirik xo‘jaliklar va korxonalar hamda hokimiyatlarning hozirgi kundagi va kelajakdagi rahbar xodimlaridirlar.
- O‘tkazilgan kurslarimiz tinglovchilari bugungi va ertangi kun talablariga javob bera oladigan tajribali va ilmu fanda muvaffaqiyat qozongan hozirgi zamon ishbilarmonlari va rahnomalaridirlar.
Boshqaruv institutining asosiy maqsadi quyidagicha:
- boshqarish bo‘yicha valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlar, menejment, marketing, savdo reklamalari va tashqi iqtisodiy hamkorlik, xalqaro savdo, bojxona va ma'muriy huquq yo‘nalishlari bo‘yicha malakasini oshirish;
- yuqori samarali va amaliy o‘qitish uchun turli shakldagi mashg‘ulotlar, munozaralar (diskussiyalar), uchrashuvlar, tashriflar, tegishli ishbilarmonlik o‘yinlari va boshqalardan foydalanishni ta'minlash;
- zamonaviy axborot texnologiyasi jihozlaridan foydalangan holda mahoratli o‘qitish.
Boshqaruv Institutining 25 yillik faoliyati davomida 16913 nafar boshqaruv xodimlari o‘z malakasini oshirdilar (2017 yil may oyigacha bo’lgan holati).