Bakalavriyat
1993 yil 1-fevraldan Universitetda maxsus dastur asosida “Xalqaro munosabatlar”, “Xalqaro huquq” va “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish boshlandi.
Bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari: Xalqaro munosabatlar fakultetida “Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)” bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
1996 yilda tashkil etilgan Xalqaro huquq fakultetida “Yurisprudensiya (xalqaro-huquqiy faoliyat)” bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kadrlar tayyorlanadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetida “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” (mintaqalar va faoliyat turlari bo’yicha) yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr darajasida kadrlar tayyorlanadi.