19.10.2019        9168

O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoev “Davlat tili haqida”gi (1989-yil 21 oktabr) qonunning 30 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

“Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma'naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyat”dir.

JIDUda ushbu kunni munosib nishonlash maqsadida “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim” ezgu shiori ostida qator tadbirlar uyushtirilmoqda.

O‘zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida – davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, ta'lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va san'at sohalarida faol qo‘llanilayotgan bir paytda har bir mutaxassisning davlat tilida erkin muomala qila olishi, yozma nutq savodxonligi yuqori bo‘lishi talab etiladi.

Shu maqsadda 2019-yil 18 oktabrdan boshlangan ommaviy diktant tadbiri JIDU professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalarida katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir qatnashchilari yana bir bor o‘z savodxonliklarini tekshirib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbirda 80dan ziyod ishtirokchilar qatnashdilar. “Eng savodxon talaba”, “Eng savodxon xodim”, “Eng savodxon o‘qituvchi” nominasiyalari aniqlanmoqda.