20.12.2022        1784

Joriy yilning 15-dekabr kuni JIDU Ingliz tili kafedrasi qoshidagi Madaniyatlararo muloqot klubi tomonidan “Communication at the Crossroads of Culture” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada JIDU, OʻZDJTU, TDYU, TDSHU va SMRI talabalari ishtirok etishdi.

JIDU prorektori Gulnoza Ismailova oʻzining kirish nutqida ushbu turdagi  tadbirlarni o‘tkazish muhimligini ta’kidladi. Gulnoza Ismailova ta’kidlashicha, ingliz tilida konferensiyalar oʻtkazish talabalarga kelajakdagi kasbiy faoliyatiga puxta tayyorgarlik koʻrishlari uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.  JIDU Rektor Ofisi rahbari Xursana Usmanova konferensiya dasturida taqdim etilgan ma’ruzalarning dolzarbligiga e’tibor qaratib, ushbu sohani o‘rganishni davom ettirish zarurligini ta’kidladi. O‘z nutqida Madaniyatlararo muloqot klubi rahbari professor Samadov B.A. zamonaviy dunyoda muloqotning o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor qaratdi. U o‘quvchilarning madaniyatlararo muhitda muloqot qilish ko‘nikmalarini egallashning muhimligiga e’tibor qaratdi hamda bu mavzu turli madaniyat va turli kasb vakillari bilan muloqot qilishga intilayotgan deyarli har bir kishi uchun muhimligini ta’kidladi.

Konferensiya yuqori darajada tashkil etildi.  Ushbu konferensiyada taqdim etilgan 27 ta ma’ruza qiziqarli kuzatishlar va ingliz tilining yuqori sifati bilan ajralib turdi.  Konferensiya yakunida JIDU ingliz tili kafedrasi mudiri Borisova E.V. ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashgan Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlarining talabalariga esdalik sertifikatlarini  topshirdi.