01.12.2022        1344

Guruh a’zolari bola huquqlari himoyasi va kafolatlarini ta’minlovchi xalqaro va milliy huquqiy hujjatlarni tahlil qilib, davlat tuzilmalarining huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolarni aniqlab, voyaga yetmaganlarga oid adliya tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorladi. Uchrashuvda talabalar tomonidan yoshlar siyosati va O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi ko‘rsatkichlari, bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlari, davlat va nodavlat tuzilmalar faoliyatiga oid masalalar ko‘tarildi.
Muloqot doirasida nogiron bolalar huquqlari bilan bog'liq inson huquqlari bo'yicha individual ishlar muhokama qilindi. Aliya Yunusova ta’kidlaganidek: “Har bir bola qayerda bo‘lmasin, ta’lim olish huquqiga ega va bu imkoniyatni ta’minlash davlatning burchidir”.
Uchrashuv yakunida Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova va Yuridik klinika direktori Ziyodulla Ubaydullayev o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar va talabalarning savollariga javob berdilar . Ombudsmanning ish rejasida mazkur ta’lim muassasasi o’quvchilari bilan huquqiy tarbiya mavzularida uchrashuvlar davom ettirish ko’zda tutilgan.