Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Lider qizlar” qizlar klubi ochiq muloqoti o‘tkazildi
17.10.2022 2016
Xalqaro qizlar kuni barcha qizlarning eng muhim ehtiyoj va imkoniyatlarga e’tibor qaratish uchun birlashtiradi. Qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularning huquqlarini amalga oshirishga ko'maklashish uchun butun dunyo 11 oktabrni Xalqaro qizlar kuni sifatida nishonlaydi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univrsiteti “Lider qizlar” klubi liderlari va Xotin-qizlar kengashi raisi, siyosiy fanlar doktori E.Sultanova boshchiligida qizlar davrasida ochiq muloqot tashkil etildi. O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, shoira Muqaddas Abdusamatova mehmon sifatida taklif etildi.
Erkin muloqot davomida E.Sultonova bugungi kunda ayol-qizlarning siyosiy faolligini alohida e’tirof etib, bu bo‘yicha mamlakatimizda va shu jumladan universitetimizda olib borilayotgan faoliyat va yaratilayotgan imkoniyat haqida to‘xtalib o‘tdi. Hurmatli shoira M.Abdusamatova o‘z hayoti va ijodi haqida nutq so‘zlab, ijod mahsulidan o‘qib eshittirdi. “Ayol jamiyatning yarmi deyishadi. Yo‘q, u jamiyatning hammasidir. U jamiyatning tarbiyalanuvchisidir.
Suhbat qiziqarli va mazmunli ruhda yaklunlandi.