27.09.2021        3798

Assalomu alaykum hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari. Sizga mamnuniyat bilan maʼlum qilamizki,16-22-sentyabr kunlari "Universitetimiz tashkil topganligining 29 yilligi"ga bagʻishlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari va professor oʻqituvchilari oʻrtasida onlayn shaxmat musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqada uchta fakultet, magistratura, shuningdek MGIMO Toshkent filialidan jami 100 nafarga yaqin professional va havaskor shaxmatchilar ishtirok etdi.

Musobaqa ikki bosqichda qizgʻin ravishda boʻlib oʻtdi. Unda oʻgʻil bolalar oʻrtasida:

  • 1-o'rinni: Aliyev Alijon (MGIMO)
  • 2-o'rinni: Humoyun Bahshullayev(XIM)
  • 3-o'rinni: Timur Alixojayev(MGIMO)

Qizlar oʻrtasida:

  • 1-o'rinni: Sadriddinova Mahliyo(Xalqaro huquq)
  • 2-o'rinni: Oybo'tayeva Nozima(Xalqaro huquq)
  • 3-o'rinni: Ismoilova Shodiya(Xalqaro huquq)

egalladi.

800 dan ortiq partiyalardan  iborat boʻlgan ushbu  chempionat universitet Sport klubi raisi oʻrinbosari Dilmurodov Shuxrat, Jismoniy madaniyat va sport fani katta oʻqituvchisi Davlat Rahmatov, shuningdek "Xalqaro huquq" fakulteti 2-bosqich talabasi Sardor Jiyanov tomonidan boshqarildi.

Barcha gʻolib va sovrindorlarni tabriklaymiz!

Musobaqada faol ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz!

UWED Chess Championship