21.06.2021        3789

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy xodimlari “Yoshlar oyligi” rejalariga muvofiq Chirchiq shahrida joylashgan uchuvchilar harbiy qismi tinglovchilari bilan uchrashishdi.

Unda JIDU magistranti Islomxon Gafarovning "General prezident Eyzenxauer" nomli kitobi taqdimoti ham boʻlib oʻtdi. Suhbatda muallif tomonidan kitobning yozilish tarixi, uning tayyor holga kelgunicha boʻlgan koʻpchilik bilmaydigan qiziqarli maʼlumotlar aytib oʻtildi. Bu faktlar tinglovchilarda asarga nisbatan qiziqishni orttirib, kitobni oʻqish istaklari bildirildi.

Tadbir soʻngida faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilarga esdalik uchun muallif tomonidan kitoblar sovgʻa qilindi.