Mahallalar bilan ishlash va yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil yetish toʻgʻrisida
16.06.2021 5332
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarni tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-sonli Farmoni ijrosi toʻgʻrisida”gi Buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga biriktirilgan Ahmad Yugnakiy, Bahor, Beshkapa, Traktorsozlar, Boʻz mahallalari uchun “Ekopark” da maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir 5 tashabbus doirasidagi madaniyat, sport va kitobxonlik musobaqalarini oʻz ichiga olgan boʻlib, unda universitetning mahallalarga biriktirilgan iqtidorli talabalari va mahallalardagi yoshlar faol ishtirok etishdi. Tadbirda qatnashib madaniy hordiq chiqargan mahalla yoshlari tashkilotchilari – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rahbariyati va Mirzo Ulugʻbek tuman hokimligiga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.