15.06.2021        3889

Bugungi kunda yurtimiz aholisining 60 foizdan ortigʻini ulkan imkoniyatlarga ega boʻlgan yoshlar tashkil qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-sonli Farmoni ijrosi toʻgʻrisida”gi buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Beshkapa” mahallasidagi "Yoshlar daftari"da kiruvchi oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni istagan yoshlar bilan individual uchrashuvlari tashkil qilindi.

Mazkur uchrashuv ochiq va samarali ruhda oʻtdi. Yoshlar universitetga oʻqishga kirish, uning yoʻnalishlari va kelgusi imkoniyatlari haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.