12.06.2021        3702

Kuni kecha JIDU “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2-bosqich talabalari Ulug’bek Jangchiddinov va Fazliddin Djamalov hamda “Xalqaro huquq” fakulteti talabasi 2-bosqich talabasi Abu Tolib Gʻiyosovlar “Zakovat” intellektual oʻyinida qatnashib, 3-oʻrinni egallashdi.  Mazkur bellashuvlar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 3-maydagi 208-sonli buyrugʻi asosida tashkil etilgan boʻlib, oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni amalga oshirilayotgan islohotlar, oʻzgarishlar va erishilgan yutuqlar boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish, nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish koʻnikmalarini shakllantirish, ularga oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadini koʻzlagan.

 Bu muvaffaqiyatlarning davomi sifatida bugun – “Xalqaro huquq” fakulteti 2 bosqich talabasi Abu Tolib Gʻiyosov ham “Kitobxon talaba” tanlovining hududiy bosqichida 3 oʻrinni egalladi.

Talabalarimizni muvaffaqiyatli odimlar bilan qutlab, ularga yangi marralarda zafarlar tilab qolamiz!