Sport musobaqalari o‘tkazildi
02.06.2021 4488
Sport chegara va ijtimoiy farqlarni hisobga olmagani uchun, uni rivojlanish va tinchlikni targʻib qilishning samarali vositalaridan deb bilishadi. U turli geografik, madaniy va siyosiy sharoitlarda ijtimoiy integratsiya va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlaydi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori hamda JIDU sport klubi tashabbusi bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallalar o‘rtasida sportning shaxmat, mini futbol, voleybol sport turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Aholining sog’lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faoligini oshirish maqsadida musobaqada universitetiga biriktirilgan Ahmad Yugnakiy, Beshkapa, Traktorsozlar, Bahor, Boʻz mahalalari va JIDU sport klubidan jami 6 ta jamoa qatnashishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Mirzo Ulug‘bek tumanining Bo‘z mahalasi jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, JIDU sport klubi a’zolari 2-o‘ringa munosib deb topildilar.