Universitet va mahallalarning faol hamkorligi
01.06.2021 3477
JIDUda Mirzo Ulugbek tumanidan universitetga biriktirilgan 5 ta mahala raislari va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Ushbu uchrashuv Toshkent shahrida yoshlar bilan “mahallabay” ishlash tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha 2021-yilning may-iyun oylari davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi doirasida boʻlib oʻtdi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga biriktirilgan Ahmad Yugnakiy, Beshkapa, Traktorsozlar, Bahor, Boʻz MFY vakillariga Oʻzbekiston Respublikasida yangi qabul qilingan qonunlar, Prezident qarorlari va farmonlari yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Davra suhbatida JIDU prorektorlari Laziz Mingishev, Gulnoza Ismoilova, Xalqaro huquq fakulteti dekani Shuhrat Urunbayev, Yuridik klinika rahbari Ziyodulla Ubaydullayevlar qatnashdi.
Uchrashuvda ishtirokchilarning savollariga javob berilib kelgusi xamkorlik dasturlari muhokama qilindi.