22.04.2021        4201

Xalqaro munosabatlar fakultetida “Zakovat” intellektual oʻyinining fakultet bosqichi oʻtkazildi. Tadbir avvalida JIDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori Laziz Mingishev, “Xalqaro munosabatlar” fakulteti dekan oʻrinbosari Sayyora Tillaxodjayeva va Yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Furqat Yaxshiyevlar soʻzga chiqib bilimdonlarga omad tiladilar. Oʻyinlarda talabalar oʻzlarining topqirlik va bilimlarini namoyon etib oʻzaro koʻrashdilar.

Jami 20 ta jamoa oʻrtasida boʻlgan murosasiz bellashuvlarda yakuniy natijalarga koʻra 10 ta jamoa saralab olinib keyingi bosqich uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.