16.04.2021        3937

JIDU Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 2 bosqich talabalari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi. Sharq tillari kafedrasining “Xalqaro madaniy kommunikatsiyalar” fani doirasida tashkil etilgan bellashuvlarda talabalar 4 ta jamoaga boʻlingan holda ishtirok etishdi. Talabalarning shaxsiy izlanishlari va dars mashgʻulotlarida oʻtilgan mavzular boʻyicha oʻzaro bellashgan talabalar oʻzlarining zukkolik va hozirjavobliklarini namoyon etdilar. Oʻyin tashkilotchisi tomonidan tayyorlangan savollar ishtirokchilarda oʻzaro firk almashishga chorlab, oʻyinning yuqori saviyada oʻtishini taʼminladi.

Bunday mashgʻulotlar talabalarning oʻqishdan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va dunyoqarashini boyitishda ahamiyatlidir.